2019-yilning 4-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda ushbu o’quv semestridan o’z faoliyatini boshlagan Transport va logistika fakultetlarida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.
Yig’ilishda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, institut Murabbiylar kengashi raisi A.Abdurahmonov, Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova, fakultet dekanlari va dekan o’rinbosarli, faxriy ustozlar, 50 dan ziyod professor-o’qituvchilar hamda barcha fakultetlarning talabalari ishtirok etdilar.
Yig’ilishda yangi o’quv semestri boshlanganligi munosabati bilan barcha talabalarga o’qishlarida muvafaqqiyatlar tilab, yangi o’quv semestri fanlarini a’lo darajada o’zlashtirishlarini, ularni o’quv mashg’ulotlariga muntazam ravishda qatnashishlari, ilmiy va innovatsion loyihalarda faol bo’lishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o’zlarini iqtidor va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun institutda barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli ekanligi uqtirib o’tildi va bu imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish kerak ekanligi tushuntirildi.
.
Odilov Otabek
Institut matbuot va axborot xizmati xodimi