Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi dasturi”, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli hamda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqқan holda Respublika ijtimoiy tizimini rivojlanishini ta’minlaydigan ustuvor yo’nalishlarda bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot ishlarini kompleks tarzda olib borish, yuqori saviyali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashning sifatini oshirish uchun oliy o’quv yurtlarning hamkorligidagi faoliyatini tashkil etishni talab etadi.

     Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 2-fevral kuni Farg’ona davlat universiteti va Andijon mashinasozlik instituti o’rtasida 2019-2022 yillarga ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasi bo’yicha hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi.

     Hamkorlikda o’quv sohasidagi barcha ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat ta’lim standartlari hamda malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish.

        O’zaro kelishuv asosida ikki tarafning malakali yetakchi professorlarini ta’lim jarayoniga jalb etish.

     Ikki tarafning yetakchi professor-o’qituvchilari ma’ruzalar o’qish va davlat attestatsiyasi sinovlarida ishtirok etish.

     Ikki tarafning yetakchi professor-o’qituvchilarini doktorlik dissertatsiyasiga (doktorlik yoki PhD darajasiga ega bo’lgan) ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi sifatida jalb qilish.

     Hamkorlikda ikki tarafning ilmiy-texnologik muammolari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, o’quv adabiyotlar yaratish, anjumanlar o’tkazish, sohadagi dolzarb muammolar yuzasidan hamkorlikda xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilish.

     Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda, eksperimental tadqiqotlarni o’tkazishda hamkorlik qilish, iqtidorli talabalarni sohalar bo’yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish yuzasidan hamkorlik qilish.

     O’quv jarayonini tashkillashda, me’yoriy-huquqiy xujjatlar bilan ta’minlashda o’zaro ko’maklashish kabi bir qator yo’nalishlarni o’z ichiga oladi

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi