Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston deb atalmish tinch va farovon yurtda yashab, bilim olib yurtning ertangi kuni uchun yetuk kadr bo’lib yetishish har bir yosh avlodning birlamchi maqsadi bo’lmog’i zarur. Oliy ta’lim dargohi talabasi sifatida olgan bilimlarimizni va tajribalarimizni o’sib kelayotgan yosh avlodga ulashib borish, ushbu maqsadni bardavom bo’lishiga zamin yaratadi. Albatta tengdoshlarimiz orasida vatanimizning ertangi kuniga befarq bo’lmagan yoshlarning bisyorligi ertangi kun uchun insonda umid uyg’otadi.

     Andijon mashinasozlik instituti talabasi Tursunov Ro’zimuhammad ham ana shunday shijoatli yoshlar qatoriga kiradi desak mubolag’a bo’lmaydi. Talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’lgan yildanoq oldiga ulkan maqsadlarni qo’yib, intilishda davom etayotgan talabamiz mana ikki yildirki, viloyatimizdagi kollej va akademik litseylarda o’zining ustozlardan olgan bilimlarini o’quvchilarga ixtiyoriy ravishda ulashib kelmoqda. Shu kunga qadar  o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida kamol topishi, ularni ma’nan yetuk va barkamol shaxs bo’lib yetishishi uchun 50 dan ziyod ma’naviy uchrashuvlarni tashkil qilgan bu talabamiz haqida yaqinda ma’lumotga ega bo’ldik. Tabiatan kamtar bo’lgan bu talabamiz va uni yosh bo’lishiga qaramay  shu kungacha amalga oshirgan ishlarini sizga ham ulashish niyatidamiz. O’tgan davr mobaynida Andijon shahridagi barcha kollej va akademik litseylarda “Ertangi kun bizniki-marra bizniki”, “Yosh tadbirkor-yurtga madadkor”, “Inson aziz, xotirasi muqaddas”, “Ey, aziz yurtim”, “Yoshlar kelajak bunyodkori” kabi mavzularda uchrashuvlar tashkil etib kelmoqda.

     Tashabbuskor talabamizning navbatdagi ma’rifiy uchrashuvi 2019-yilning 28-29-30 yanvar kunlari Andijon shahridagi Pedagogika kasb hunar kolleji, Andijon Davlat tibbiyot instituti akademik litseyi, Andijon axborot texnologiyalar kasb hunar kolleji hamda Andijon tibbiyot kollejida O’zbekiton Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 81 yilligiga bag’ishlangan “Mustaqil obod yurtning asoschisi” mavzusida tashkil etildi.

 

 

 

 

     Institut web-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali R.Tursunovning faoliyati haqida muntazam ma’lumotlar joylab boriladi. Ishonamiz siz ham O’zbekistondek jannatmakon yurtimizning buguni va ertasi uchun manfaat keltiradigan ishlarni bajarishga salohiyatingiz yetadi. Zero bugun amalga oshirgan kichik mehnat, ertaga ulkan natijalarga erishda katta zamin bo’lib xizmat qiladi.

     Talabamizning kelgusidagi ulkan rejalarida omad va kuch-quvvat tilab qolamiz va  ishonamizki bu kabi ilg’or va intiluvchan talabalar hali bisyor. Ularni kashf etishda va qo’llab quvvatlashda biz ham yaqindan ko’mak ko’rsatamiz.        

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi