Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yurtimizda so’nggi yillarda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish bo’yicha keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

     Bu o’zgarishlar inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, odil sudlovga erishish, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.

     Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida xalqimiz tinchligi, farovonligi va havfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish ishlarini yangi bosqichga ko’tarish ustuvor vazifalardan etib belgilandi.

    Shu munosabat 2019-yil 30-yanvar kuni Andijon mashinasozlik institutiga Jinoyat ishlari bo’yicha Andijon viloyat sudi raisi Karimov Ulug’bek Avazbekovich hamda Jinoyat ishlari bo’yicha Andijon viloyat sudi bo’lim boshlig’i Kamronbek Rasulovlar tashrif buyurdi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasidan kelib chiqib, mamlakatimizda sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini institut professor-o’qituvchi va talabalarga yetkazish bo’yicha uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuv avvalida Jinoyat ishlari bo’yicha Andijon viloyat sudi bo’lim boshlig’i Kamronbek Rasulov Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda viloyatimiz aholisi o’rtasida sud-huquq tizimi xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar, o’tgan davr mobaynida aholini huquqiy ongini shakllanishi va yuksalishida ijobiy natijalar bergani haqida so’z yuritdi.

    Uchrashuv davomida institut talabalari tomonidan ushbu sohaga oid savollar va takliflar berib o’tildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etildi.