Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan institut professor-o’qituvchilari va talabalarining ijtimoiy-siyosiy faolligini va huquqiy savodxonligini rivojlantirish maqsadida “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Oliy Majlis sessiyalari materiallari, O’zbekiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining mazmun mohiyati bilan tanishtirib borish” maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida uchrashuvlar o’tkazish rejalashtirilgan.

     Shu munosabat bilan 2019-yilning 31-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti talaba-yoshlari va professor-o’qituvchilari ishtirokida O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Deputat bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

     O’tkazilgan uchrashuvda  O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi raisi X.Omanov, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari A.To’xtaboyev va A.Jumaboyevlar 150 dan ziyod talaba va professor-oqituvchilarga  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun mohiyati, O’zbekiston Respublikasi Qonun loyihalarini ishlab chiqish mexanizmi tog’risida nutq so’zladilar.

 

 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi