Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Buyuk siyosiy arbob, mustaqilligimiz asoschisi, O’zbek xalqini mana shunday farovon va tinch kunlarga yetib kelishida ulkan xizmatlari singan inson O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov xotirasi dillarda mangu barhayotdir.

     2019-yil 29-yanvar kuni Andijon mashinasozlik institutida  Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

     Tadbirda institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xoliqova, institut boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova,  “Yog’du” adabiy maktabi rahbari, shoir Nusrat Abdusalom, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Barno Soliyeva, yosh shoir Murodil Jo’rayev, yosh ijodkor qo’shiqchilar, Muzaffar Xodjayev, Durdona Kamoldinova, Nazokat Akbarovalar hamda 200 dan ziyod talaba va 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

     Tadbirni institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xoliqova ochib berdi va o’z so’zida Islom Karimov hayoti va faoliyati davomida amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari, xususan mustaqillik yillari davomida tariximizni qayta tiklanishi, uni sof holda kelajak avlodga yetkazilishida qo’shgan hissasi ulkan va beqiyos ekanligini ta’kidlab o’tdi.

    Tadbir davomida ijodkorlar birinchi Prezidentimizning ijod ahliga yaratib bergan sharoitlari, ijodkorlar uchun ta’sis etilgan turli xil davlat mukofotlari haqida so’z yuritish bilan birgalikda Vatan, Ona va hech qachon eskirmaydigan mavzu muhabbat haqida yozilgan  o’z ijod namunalari bilan tadbir ishtirokchilarini bahramand etdilar.

     Tadbir davomida institutning bir qator iqtidorli yoshlari tomonidan tayyorlangan  “Bobom ruhi biz yoshlarda yashaydi” deb nomlangan video-rolik namoyish etildi. Yosh ijodkor qo’shiqchilar esa o’zlarining diltortar taronalari bilan tadbirga o’zgacha kayfiyat baxsh etdilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi