Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yoshlarimizni huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirish,   ular orasida jinoyatchilikni oldini olish, va qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish maqsadida joylarda keng qamrovli profilaktik tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2019-yilning28-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti talabari ishtirokida ham o’tkazildi.

     Tadbirda  Institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv xodimi I.Aripov, Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv xodimi B.Tillaev, Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv xodimi F.Xusanboevlar hamda institutning 200 dan ziyod talabalari va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

     Tadbir davomida so’z olgan soha mutaxassislari bugungi kunda talabalar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, talabalarni darslarga muntazam qatnashish ishlarini  samarali yo’lga qo’yish, ularni darslardan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha guruh murabbiylarini va jamoat tashkilotlarini mas’uliyatini oshirish xususida to’htalib o’tdilar.

     Shuningdek, yoshlar o’rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikni va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan tushuntirish va targ’ibot ishlarini yanada kuchaytirish, turli huquq tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda muntazam tadbirlar o’tkazib borish xususida so’zyuritdilar. Qolaversa, professor-o’qituvchilar tomonidan talabalar bilimlarini odilona baholash, talabalarga sun’iy to’siqlar qo’ymaslik to’g’risida gapirib, barchani ogohlikka chaqirdilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi