Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Azaldan keksalarimiz ozoda, sarishtali uyda qut baraka bo’ladi deb bejizga aytishmagan. O’zimiz yashab turgan makonni pokizaligi esa kun davomida kayfiyatimiz a’lo bo’lishiga, qolaversa barcha uchun birdek ulug’ ne’mat hisoblangan salomatligimizni saqlab qolishga ham zamin yaratadi.

     2019-yilning 26-yanvar kuni Andijon mashinasozlik institutida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-yanvardagi 41-F-sonli Farmoyishining ijrosini ta’minlash, maqsadida umumxalq ekologik hayriya hashari o’tkazildi.

     Xozirda barcha oliy ta’lim muassasalarida qishki sessiya bo’layotganligiga hech birimizga sir emas.Shunday  bo’lishiga qaramasdan ko’plab talaba-yoshlar o’zlarining qimmatli vaqtlarini ixtiyoriy ravishda ushbu hayriya hashariga ajratdilar va institut hududini obodonlashtirish, atrofni tartibli holga keltirishda professor-o’qituvchilar hamda xodimlarga katta ko’mak ko’rsatdilar. Bundan shuni anglash mumkinki, demak bugunning yoshlari yurtning ertasiga befarq emas, balki yurt obodligi uchun amalga oshirilayotgan islohotlarda bevosita ishtirokchi, bo’layotgan jarayonlarga daxldor va mas’uliyatlidirlar.    

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi