Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     “Fizika va kimyo” kafedrasi dotsenti M. Xalilov “Nisbiylik nazariyasi elementlari” asosida seminar o‘tkazdi.

      Seminarda kafedra professor – o‘qituvchilari p.f.n, dotsent G.Umarova kafedra katta o‘qituvchilari A.Qodirov, S.Aliyev, assisent B.Ziyayev, G.Rustamova, doktarant F.Sultonova xamda E.E.E yo‘nalishining 1-bosqich talabalari ishtirok etdilar.

    M.Xalilov seminar ishtirokchilariga xozirgi kunga qadar olingan tajriba natijalariga asoslanib, “Nisbiylik nazariyasi elementlari”  asosida Galiley almashtirishlari, Maxsus nisbiylik nazariyasining postulotlari, Galileyning nisbiylik printsipi , tezlik va tezlanishni almashtirish, klassik mehanikada invariant kattaliklar, tezliklarni o‘tishi, Eynshteynning xulosasi, yorug‘lik tezligining invariantlik printsipi. Moddiy nuqtaning xarakati makon va zamonda o‘rganilishi, bu vazifani esa dekart koordinata sistemasi va unga berkitilgan soat majmuasi o‘tashi 1905 yilda A. Eynshteyn tomonidan yozilgan quyidagi ikkita postulat maxsus nisbiylik nazariyasining asosini tashkil qilishi xaqida ilmiy – metodik seminar o‘tkazdi. Kafedra katta o’qituvchisi S.Aliev so’zga chiqib M.Xalilovning ilmiy – metodik seminari yuzasidan iliq fikrlarini bidirdi va vaqt tushunchasiga ta’rif berib o’tdi. Ushbu seminarda talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javobni oldilar. Seminar yakunida barcha ishtirokchilar o’zlariga kerakli bo’lgan xulosalarni oldilar.

 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi