Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan 2018-yil 19-dekabrda “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig’ilish bayoni ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlanib, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan bir qator vazifalarni amalga oshirish belgilangan. mazkur topshiriqlardan kelib chiqib, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan joriy yilning 23-yanvar kuni Andijon davlat universiteti faollar zalida xorijda ishlab yashash manzillariga qaytib kelgan yoshlar bilan “Yoshlar – munosib mehnat va tashabbuskorlik” hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi yoshlari ishtirokida “Ta’lim va karyera” mavzularida ochiq muloqot tashkil etildi.

     Ochiq muloqotda viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan bitiruvchi talabalari ishtirok etdilar.

    O’tkazilgan  tadbirda oliy ta’lim dargohlarida tahsil olib, bu yil bitirish arafasida turgan yoshlarning ish bilan ta’minlanish borasidagi savollariga tegishli tashkilot va idoralar tomonidan javoblar berildi. Qolaversa ochiq muloqot davomida talabalar bugungi kunda korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borish uchun mutaxassislardan talab qilinadigan bilim va aqliy salohiyat darajasi qanday bo’lishi kerakligi haqida ham zaruriy barcha ma’lumotlarga ega  bo’ldilar.   

 

 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi