Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019 yil 5 yanvar kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining o’rinbosari U.Begimqulov raisligida “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchlik palatalariga murojaatnomasidan kelib chiqadigan xulosalar va oliy ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalar ” mavzusida video-seminar o’tkazildi.

     O’tkazilgan video-seminar qarori bayonining 2-bandida respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlariga joriy yilning 14-24 yanvar kunlari oralig’ida har bir fakultet va kurslar kesimida, barcha akademik guruhlarda “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchlik palatalariga murojaatnomasidan kelib chiqadigan xulosalar va oliy ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalar ” mavzusida o’quv mashg’ulotlari tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

     Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutining barcha fakultetlaridagi guruhlar kesimida, institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida o’quv mashg’ulotlari tashkil etilmoqda.

     Navbatdagi o’quv mashg’ulotlari 2019-yilning 24-yanvar kuni soat 10:00da Mashinasozlik fakultetining anjumanlar zalida institut sirtqi bo’limida ta’lim olayotgan 1-bosqich barcha yo’nalishlari talabalariga o’rtasida tashkil etildi

     O’quv mashg’ulotlarida institutimizning “O’zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o’qituvchilaridan prof. U.Abdullaev, dots. M.Karimova, katta o’qituvchi F.Taylaqova, assistent Z.G’offorov va Mashinasozlik fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari R.Ataxanovlar ma’ruza qildilar. O’quv-seminar talabalarda katta qiziqish uyg’otdi hamda ular ma’ruzalardan olgan o’z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi