Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 24-yanvar kuni institutning katta anjumanlar zalida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 17-yanvardagi 87-03-283-sonli modemnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q” mavzularida davra suhbati va ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.

     Uchrashuvda Andijon viloyat Davlat xavfsizlik xizmati xodimi M.Toshmatov, Andijon shahar “Xazrati Bilol” jome masjidi imom xatibi R.O’rinboev, Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo’limi xodimlari F.Xusanov, F.Sharofiddinovlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Jumladan, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimiz yoshlari va millatimiz, insoniyat uchun zararli bo’lgan yot g’oyalarga targ’ib qiluvchi diniy mazmundagi materiallarning salbiy jozibasiga uchib, keskinlikka qo’l urayotgan, jamiyat uchun xavf tug’dirayotgan va har xil ekstrimistik guruhlar ta’siriga tushib qolayotganlarning aksariyat qismini yoshlar tashkil etayotganligi haqida so’z yuritish barobarida, talaba-yoshlarlarni har qadamda bunday kimsalar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun ogoh bo’lishlari kerak ekanligi xususida so’z yuritildi.

    Shuningdek, yig’ilishda talabalar tomonidan berilgan respublikamizda diniy ekstremizm va terrorizmga, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususidagi savollariga tadbir mexmonlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

   Uchrashuvda 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar va 202 nafar talabalar ishtirok etdilar.

       

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi