Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.04.2017 yildagi PQ-2897-sonli “O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risidagi”gi qaroriga asosan davlat muassasasi shaklidagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish respublika mazkazi tashkil qilingan hamda mazkur qaror bilan Markazning asosiy vazifalari belgilab berilgan.

     Mazkur qarorga asosan vazirlik va idoralar, xususiy, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Markaz va uning hududiy filiallari tomonidan tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo’lgan aholi uchun tashkil rtiladigan bepul o’quv kurslarini o’tkazishda faol ishtirok etishi belgilangan.

     Ushbu o’quv kurslari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining topshirig’iga asosan pespublikaning 18 ta oliygohlarida o’tkazib kelinmoqda.

     Navbardagi o’quv kurslari 2019-yilning 22-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik fakulteti anjumanlar zalida tashkil etildi.

    Tashkil etilgan o’quv kursida institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov, Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi xodimi B.Bekto’rayev, O’zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi yoshlar jamg’armasi viloyat bo’linmasi rahbari U.Madaminovlar ishtirok etdilar va tadbirkorlik sohasiga qiziquvchan yoshlarga o’z tajribalaridan kelib chiqib soha bo’yicha tushunchalar berib o’tdilar.

     O’quv kursi davomida tinglovchilarga mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, tadbirkorlar yoshlar uchun belgilangan imtiyozlar, istiqbolli biznes rejalar tuzishdan tortib, tayyor biznes rejalarni amalga oshirish hamda biznes sohasida dastlabki qadamni tashlash uchun nimalar qilish zarur ekanligi haqida mutaxassislar tomonidan keng tushunchalar berildi. Mutaxassislarning fikrlari talabalar tomonidan diqqat bilan tinglandi va o’quv kursi so’ngida xozirdanoq o’z tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishga ulgurgan bir qator talabalar tomonidan savollar berildi va bularga atroflicha javob olindi.  

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi