Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 24-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti bitiruvchi talabalari hamda viloyatimizdagi Uz Dong Yang Co qo’shma korxonasi mutaxassislari o’rtasida o’zaro uchrashuv tashkil etildi.

     Uchrashuvni tashkil etishdan maqsad institutda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash kabi masalalarni hal etishdan iborat bo’ldi.

     Uchrashuvda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov, Uz Dong Yang Co qo’shma korxonasi bosh direktori A.G’ofurov boshchiligidagi mutaxassis xodimlar hamda 200 dan ziyod talabalar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

     Uchrashuv ikki qismdan iborat bo’ldi. Uchrashuvning birinchi qismida talabalarga korxona faoliyati haqidagi video taqdimot namoyish etildi. Bu taqdimot orqali talabalar korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi tutgan o’rni, korxonada ish unumdorligi uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Ikkinchi qismda esa ushbu korxonada faoliyat olib borish istagi bo’lgan talabalar bilan suhbat o’tkazildi

.  

 

 

 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi