Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi Andijon viloyati bosh boshqarmasi tomonidan aholi o’rtasida qish mavsumini talofatsiz o’tkazish, bu bilan esa ularni xavfsizligi va  salomatligini  ta’minlash maqsadida joylarda profilaktik  tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

      Navbatdagi uchrashuv 2019-yilning 22-yanvar kuni Andijon mashnasozlik institutining Mashinasozlik fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda professor-o’qituvchilar o’rtasida tashkil etildi.

     Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi Andijon viloyati bosh boshqarmasi bo’lim boshlig’i D.Shokirov, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yong’in xavfsizligi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari J.Karimov, 10 nafar yong’in xavfsizligi xizmati xodimlari hamda Mashinasozlik fakulteti dekani M.Qo’chqarov boshchiligidagi 400 nafar talabalar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

 

 

         

     Shu kuni yong’in xavfsizligi xodimlarining yong’in va uning oldini olishga qaratilgan ma’ruzalari tinglandi. Tadbir Ishtirokchilariga qish mavsumida gaz va boshqa isitish vositalaridan  foydalanishda xavfsizlik qonun-qoidalariga rioya qilish to’g’risida bir qator tushunchalar berildi. Tadbir davomida yong’in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong’in o’chirish amaliy taktik mashqi o’tkazildi.

 

     Tadbir so’nggida ishtirokchilarga yong’in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan yong’in xavfsizligi qonun-qoidalari va eslatmalar ask ettirilgan targ’ibot bukletlari tarqatildi.

    Tadbirning 2-qismi fakultetning anjumanlar zalida davom ettirildi. Unda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yong’in xavfsizligi boshqarmasi boshlig’i R.Axunov tomonidan talabalarga  is gazidan saqlanish, yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda yashash tarzini tashkil etish bo’yicha tushunchalar berib o’tildi. Bundan tashqari xonadonlarda nosoz va nostandart, inson hayoti uchun xavf tug’diruvchi qo’lbola isitish asboblaridan foydalanmaslik borasida ham ogohlantirish ishlarini olib bordi.        

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi