Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakulteti 1-kurs iqtidorli talabalar guruhining ota-onalar yig’ilishi 2019 yilning 15 yanvar kuni, 2-kurs iqtidorli talabalar guruhining ota-onalar yig’ilishi 2019 yilning 17 yanvar kuni o’tkazildi.

Yig’ilishlarda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov ota-onalarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3775-son  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda joriy etilgan xalqaro qo’shma dasturlar va iqtidorli talabalar uchun joriy etilgan modul-kredit tizimi haqida ma’lumot berdi.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakulteti dekani v.v.b. J.Raxmatillaev turli yo’nalishlardan saralab olingan talabalar bundan buyon yangi tashkil etilgan Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakultetida 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish (Mechanical Engineering) ta’lim yo’nalishida taxsil olishi maqsadga muvofiq ekanligini bayon etdi.

Institutning O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida”gi qarorini ota-onalarga tanishtirdi.

Yig’ilishda iqtidorli talabalar guruhi tashkil etish bo’yicha qilingan ishlar sarhisob qilinib, har bir kursda 21 nafardan ota-ona qatnashdi.