Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019 yil 5 yanvar kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining o’rinbosari U.Begimqulov raisligida “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchlik palatalariga murojaatnomasidan kelib chiqadigan xulosalar va oliy ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalar ” mavzusida video-seminar o’tkazildi.

     O’tkazilgan video-seminar qarori bayonining 2-bandida respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlariga joriy yilning 14-24 yanvar kunlari oralig’ida har bir fakultet va kurslar kesimida, barcha akademik guruhlarda “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchlik palatalariga murojaatnomasidan kelib chiqadigan xulosalar va oliy ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalar ” mavzusida o’quv mashg’ulotlari tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

     Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutining barcha fakultetlaridagi guruhlar kesimida, institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida o’quv mashg’ulotlari tashkil etilmoqda.

     2019 yil 19 yanvar kuni Mashinasozlik fakultetining anjumanlar zalida soat 09:00 da “O’zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti D.Iymanova tomonidan institutning 1-bosqich jami 214 nafar talabalariga o’quv mashg’uloti otkazildi.

     Shu kuni soat 10:00 da institutning Avtomatika va elektrotexnika fakultetining 1-bosqich 183 nafar talabalariga mavzu yuzasidan o’quv mashg’ulotlari tashkil etildi. O’quv mashg’ulotlari “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Z.Aripova tomonidan olib borildi.

     Shu kuni soat 14:00 da institutning Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida ham 1-bosqich 167 nafar talaba yoshlarga “SICHTE” kafedrasi dotsenti D.Isroilova tomonidan o’quv mashg’ulotlari olib borildi.    

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi