Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutda 2018 yil 18 yanvar kuni 2018-2019 o’quv yili kuzgi semestrining o’quv jarayoni jadvali bo’yicha darslarning tugab fanlar bo’yicha yakuniy nazorat ishlarining boshlanganligi munosabati bilan navbatdagi yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi. Unda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor N. Ikromov, o’quv uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov, dekanlar M. Eshonov, T. Turg’unov, M.Qo’chqarov, innovatsion ta’lim texnologiyalari fakulteti kordinatori J. Raxmatullaev, Oraliq va yakuniy nazorat natijalarini “moodle” tizimiga qo’yish bo’yicha mas’ul D. Raximov ishtirok etdi. Yig’ilishda professor-o’qituvchilar tomonidan guruh jurnallarini to’liq rasmiylashtirilishiga erishish, yakuniy nazoratlarni ishlab chiqilgan grafik asosida o’z vaqtida videokuzatuv nazorati ostida o’tkazish, baholash qaydnomalarini o’z vaqtida dekanatlar tomonidan qaytarib olish, oraliq va yakuniy nazorat natijalarini “moodle” tizimiga qo’yish, stipendiya buyruqlarini o’z vaqtida ishlab chiqish chora-tadbirlari belgilandi.

         Yig’ilishda ko’rilgan masalalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berildi.