Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019 yilning 17 yanvar kuni soat 15.00 da Vazirlikning 14.01.2019 yil 87-03-219 sonli xatidan kelib chiqib,  “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha «El-yurt umidi» jamg’armasining dasturlari bo’yicha  kadrlarni  o’qitishni tashkil etishni yanada takomilashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4091-sonli qarori ijrosiga bag’ishlangan videoselektor  Andijon davlat universitetida o’tkazilgan edi.

Videoselektorda chet el oliy o’quv yurtlari va ilmiy markazlarida malaka oshirish, stajirovka o’tash, magistratura va doktorantura dasturlari bo’yicha ta’lim olish uchun stipendiyalarga tanlovga OTMlarida hujjatlar tayyorlashni borishi ko’rib chiqildi.

Mazkur videoselektorda berilgan topshiriqlardan kelib  institutda tanlovga hujjat tayyorlagan nomzodlar va mutasaddilar bilan seminar o’tkazildi. Seminarda o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M.Ermatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamajonov tomonidan videoselektorda bildirilgan fikr-mulohazalar asosida hujjatlar tayyorlanishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Natijada institut tomonidan 11 ta xorijda malaka oshirishga, 2 ta stajirovka o’tash uchun, 2 ta magistratura hamda 3 ta doktoranturada o’qishga yuborilishi rejalashtirilayotgan nomzodlarni xujjatlari ishchi guruhga taqdim qilindi.