Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon viloyati televideniyasi orqali muntazam efirga uzatilib borilayotgan “Mening innovatsion g’oyam” turkum ko’rsatuvining navbatdagi soni Andijon mashinasozlik institutida suratga olindi.

Ko’rsatuv orqali institutning talabalari hamda professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan bir qator innovatsion loyihalar va ularning hayotga tadbiqi to’laligicha yoritilib berildi.

Bundan tashqari talabalarning naraziy olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlashga xizmat qiluvchi, bu bilan esa kelgusida sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida ham nazariy ham amaliy bilimga ega bo’lgan salohiyatli kadrlarni yetishib chiqishiga zamin bo’la oladigan zamonaviy laborotoriya xonalari bilan ham tanishtirilib o’tildi. Qolaversa ko’rsatuv orqali institutning malakali professor-o’qituvchilari o’zlarining innovatsion loyihalari haqida ma’lumotlar berib o’tdilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi