Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019-yilning 14-yanvar kuni institutning asosiy binosi anjumanlar zalida institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi hamda Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi tashabbusi bilan “Vatan himoyachilari” kuniga bag’ishlangan”  “Siz jasursiz hamda mag’rursiz o’g’lonlar” nomli badiiy kecha tashkil etildi.

Kechani institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’I M.Xoliqova ochib berdi va olib bordi.

Tadbir avvalida Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova Andijon viloyati hokimi o’rinbosari, Viloyat Xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.P.Yunusovaning Andijon mashinasozlik institutida faoliyat olib borayotgan barcha Vatan posponlariga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi.

Shundan so’ng instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M.Ermatov va Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi T.O.Almatayevlar tomonidan Chernobil voqealari va Avg’onistondagi janglarda ishtirok etib, yutr tinchligi uchun kurash olib borgan, xozirda esa institutda faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar va xodimlarga bayram  munosabati bilan institut rektorining esdalik sovg’alarini topshirdilar.

Tadbir davomida “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi dotsenti, Avg’onistondagi jangler ishtirokchisi Kapitan A.Sarimsaqov so’zga chiqdi. A.Sarimsaqov barchani bayram bilan muborakbod etish bilan birgalikda o’sha mudhish yillardagi voqealarni eslar ekan, bugungi tinch va osuda yurtda yashayotganigimizga shukrona keltirib yurt istiqboli uchun har birimiz o’z hissamizni qo’shimog’imiz darkor ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng tadbirning rasmiy qismi ortda qoldirilib badiiy qismga murojaat etildi. Institutning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoa tomonidan tayyorlangan bayram dasturi barchaga birdek manzur bo’ldi.

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi