Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi tadbirlar rejasiga asosan Andijon transport va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejining pedogogik jamoasi va o’quvchilari o’rtasida, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 16-yanvar kuni kollejning 2-bosqich Temir yo’llari yo’nalishi kichik mutaxassislari ishtirokida “Oila va hayot” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

     O’tkazilgan “Ma’naviyat soati”da kollejning 10 nafar o’qituvchilari va 54 nafardan ziyod o’quvchilari ishtirok etdilar.

     Suhbat davomida institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova ishtirokchilarga oila va hayot to’grisida tushunchalar berib o’tdi. Jumladan oilada farzandning ota-onaga bo’lgan xurmati, o’z-o’zidan ota-onalarning ham farzand oldida bajarishi zarur bo’lgan vazifalari to’g’risidagi  nutqi orqali ishtirokchilarga kelgusi hayoti davomida zarur bo’ladigan maslahatlarni ulashdi. Ma’naviyat soatini talabalar o’rtasida erkin muloqot ko’rinishida tashkil etilganligi, talabalarni ham o’z fikrlarini bayon etishlariga zamin yaratdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi