Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 9-noyabrdagi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash to’g’risida”gi 917-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2019-yilning 15-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchilari M.Azizova hamda F.Karimovalar Xo’jaobod tumanida joylashgan 8-sonli va 2-sonli umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish maqsadida maktab o’quvchilari bilan birgalikda “Dunyoviylik – dahriylik emas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o’tkazdilar. 

Uchrashuv davomida Xo’jaobod xokimligi va qo’l jangi federatsiyasi tomonidan 14-yanvar «Vatan ximoyachilar» kuni munosabati bilan shu maktabda taxsil olgan va xizmat burchini o’tash vaqtida mardlarcha xalok bo’lgan Otabekov Anvarjon Mashrabovich xotirasiga o’tkazilgan sport musobaqalarida faol qatnashdilar.

 

 

 

Otabek Odilov

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi