Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan viloyatimizda o’tkazilgan tantanalar ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Tantanalarda Andijon mashinasozlik instituti Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti qoshidagi Qizlarjon klubi a’zolari ham faol ishtirok etdilar. Talaba qizlarimiz Andijon viloyatidagi barcha Vatan posponlarini viloyat Xotin qizlar qo’mitasi raisi va Andijondagi barcha ayollar va qizlar nomidan ushbu kun bilan muborakbod etdilar

 

Xonadon obroyi, taxti-erkakdir,

Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.

Ayolarqudrati, mulki-erkakdir,

Vatanim g’ururi, ko’rki-erkakdir.

 

Erkak bor bog’larda gullar ochilar,

Ularbor, qalblarga quvonch sochilar.

Oila butundir ular boridan,

Hayotin qizg’onmas do’sti, yoridan.

 

Dasturxon qutligi-ular mehnati,

Ustimiz butligi-ular himmati.

Farzandlar chirog’i-ular borligi,

Muhabbatning mudom bizga yorligi.

 

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,

Shundayin erkaklar mehrga loyiq.

Ular elimizning sodiq posponi,

Ularbor, tinch erur yurtning osmoni.

 

Bayram muborakbod, aziz erkaklar,

Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.

Omon bo’ling bola onalar uchun,

Sezing doim ayol mehrini quching.

 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi