Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Viloyatimizda  15-dekabrdan 2019-yilning 15-yanvariga qadar “Kim yurtiga sodiq bo’lsa, mendirman o’sha” shiori ostida “Xarbiy vatanparvarlik oyligi”  deb e’lon qilingan edi, shu munosabati bilan 2019-yilning 13-yanvar kuni Andijon shahrida xarbiy parad o’tkazildi. Unda, viloyatimizdagi barcha xarbiy qismlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Sog’liqni saqlash boshqarmasi, korxona va tashkilot xodimlari va barcha ta’lim muassasalari talaba-o’quvchilari ishtirok etdilar.

    Ular qatorida Andijon mashinasozlik institutining ko’p sonli talabalari ham saf tortib, Ona Vatanga bo’lgan cheksiz sadoqatlarini shaxdam qadamlar bilan izhor etdilar. O’tkazilgan tadbirda institutning professor-o’qituvchlari va ishchi xodimlari o’z oilalari, farzand va nabiralari bilan tomoshabin sifatida ishtirok etdilar. Mana shunday vatanparvarlik ruhidagi  tadbirlarni tashkil etish bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni yurtga bo’lgan muhabbatlari oshirishga xizmat qiladi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir barchaning xotirasida o’chmas iz qoldirgan bo’lsa ajab emas.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi