Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Davlat test markazining 2019 yil 9 yanvardagi 84-01-40 sonli xati asosida O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 yanvardagi 87-03-157 sonli xatini ijrosini ta’minlash maqsadida Viloyat hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab – internatlarda o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan 2019 yilning 14-19 yanvar kunlari o’tkaziladigan test  sinovlarining haqqoniyligini va shaffofligini ta’minlash uchun institut  tomonidan 8 nafar tajribali professor-o’qituvchilar nazoratchi sifatida ajratildi.

Mazkur professor-o’qituvchilarni bilan Davlat test markazining viloyatdagi vakili H.M. Aliyev O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov va o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov ishtirokida seminar o’tkazdi va test sinovlarini o’tkazish tartib-qoidalarini tanishtirdi.  U pedagoglardan tushgan savollarga javob berdi. 

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonovga pedagoglarni darslarini maqbul ravishda tashkil qilish bo’yicha topshiriqlar berildi.