Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq 14-yanvar sanasi xalqimiz orasida “Vatan himoyachilari” kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

2019-yil 14-yanvar kuni Institutning 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun “Tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan bir piyola choy atrofida, ustozlar davrasida bayram tadbiri o’tkazildi.

 O’tkazilgan tadbirda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor N.Ikromov, Mashinasozlik fakulteti dekani M.Qo’chqorov, Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.Ermatov, kafedra professor o’qituvchilari va talabalar turar joyining 180 nafar yigitlari ishtirok etdilar.

Bayram tadbiri davomida talablar turar joyining  yuqori natijalarga erishgan bir guruh yoshlari institut rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. O’tkazilgan tadbir yuqor saviyada tashkil etilib barcha ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi.

 

 

 

 

Odilov Otabek 

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi