Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash to’g’risida”gi 917-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 10-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan Qo’qon shahriga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida institut Xotin qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova boshchiligidagi 38 nafar talabalar va professor-o’qituvchilardan iborat guruh Qo’qon ma’daniyati va tarixi davlat muzeyi, Jome amaliy san’at muzeyi, Buyuk allomalar muzeyi hamda Hamza Hakimzoda Niyoziy uy-muzeylariga tashrif buyurdilar. Tarix bilan bog’liq bo’lgan ko’plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.   

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi