Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

«El-yurt umidi» jamg’armasi stipendiyalariga tanlov jarayonlari shartlariga ba’zi tuzatish va qo’shimchalar kiritildi:

  1. Malaka oshirish, stajirovka o’tash, magistratura va doktoranturada o’qish uchun chet eldan tanlangan OTMlar dunyoning eng yaxshi 500 talik ro’yxatidan yoki o’z mutaxassisligi bo’yicha eng yaxshi 200 talik ro’yxatdan joy olgan bo’lishi maqsadga muvofiq xisoblanadi. Ro’yxatni quyidagi sayt orqali tekshirishingiz mumkin:

www.topuniversitiess.com/qs-world-university-rankings

  1. Tanlovda 1-ilovadagi (2018/2019 va 2019/2020 o’quv yillarida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini xorijda malakasini oshirish, stajirovkasini o’tkazish, yoshlarni doktorantura va magistraturada o’qitishning maqsadli ko’rsatkichlari) ro’yxatga e’tibor qaratishlari so’raladi. Nomzodlar o’z OTMlari nomi ko’rsatilgan ustuvor mutaxassisliklar bo’yicha ariza topshirishlari mumkin. Agar tanlov soxasi qatorida OTM nomi ko’rsatilmagan bo’lsa ariza topshirmasligi tavsiya etiladi.
  2. PhD uchun nomzodlar ish staji 2 yildan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi.
  3. Tanlovda xozirda OTMning bitiruv bosqichida ta’lim olayotgan bitiruvchi talabalar qatnasha olmaydilar (Izox: Topshirladigan xujjatlar ro’yxatida diplom va ilova nusxalarini berish shart, bitiruvchi talabalarda bu xujjatlar faqat o’qishni tamomlagandan keyingina beriladi, demak ayni vaqtda ular bu xujjatlarni taqdim eta olmaydilar).
  4. Arizalar “El-yurt umidi” qabul komissiyasi rayisi O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri A. Aripov nomiga yoziladi.

Qo’shimcha ma’lumotlar www.eyuf.uz saytida.