Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Joriy yilning 9-yanvar sanasida Andijon viloyat teleradiokompaniyasining «Yuzma yuz» ko’rsatuvi studiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil yakuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Parlamentiga qilgan murojaatnomasi yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda Andijon mashinasozlik instituti vakillari dotsent A.Ermatov va «Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat» bo’limi boshlig’i M.Xaliqovalar ishtirok etdilar.

Vakillarimiz davra suhbati davomida yig’ilganlarga Murojaatnomada keltirilgan ustuvor vazifalarni atroflicha tahlil qildilar. Bundan tashqari davra suhbati ishtirokchilariga Andijon mashinasozlik institutidagi yangiliklar, xususan, Koreya Respublikasining Tegu universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikdagi qo’shma diplom loyihasi («double degree»), Andijon davlat tibbiyot instituti va Koreya Respublikasining Tegu universitetlari bilan hamkorlikdagi «Tibbiyot muhandisligi (Biomedical engineering)» sohasida magistratura bosqichlaridagi qo’shma diplom berish dasturlar hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma`lumot berib o’tdilar.