Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutida Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 2018 yil 21 dekabr kungi 1042-sonli buyrug’i hamda 25 dekabr kungi videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, o’quvchilarning qishki ta’tilini mazmunli o’tkazish hamda ta’til davrida professor-o’qituvchilar faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu tadbirlar rejasida talabalar ta’tili davrida institut professor-o’qituvchilari uchun “Oliy ta’limning o’quv-uslubiy faoliyatini ilg’or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: ta’lim sifati va samaradorligining uslubiy jihatlari” mavzusida 2018 yil 28 dekabr – 2018 yil 10 yanvar kunlari oralig’ida seminar mashg’ulotlari o’tkazilishi belgilangan bo’lib, buning asosida ta’til davrini o’z ichiga olgan dars jadvali ishlab chiqildi.

SHu bilan birga vazirlikning 2018 yil 29-dekabr kungi 87-03-4549 sonli, 2019 yil 3 yanvardagi 87-03-01 xatlari asosida “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: halqaro tajribalar va O’zbekiston amaliyoti” mavzusida tayyorlangan taqdimot materiallari xamda “Ta’limga oid me’yoriy-xuquqiy xujjatlar” mazmuni, mohiyati va ahamiyati seminarlar davomida barcha rahbar xodimlar va professor-o’qituvchilarga tanishtirib borildi.

Seminar mashg’ulotlarida institutning barcha professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.

Seminarlar davomida “Ta’limga oid me’yoriy-xuquqiy xujjatlar”, “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi”, “Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari, “Proffessor-o’qituvchilarning malaka oshirish tizimi” (o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. Ermatov), “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: halqaro tajribalar va O’zbekiston amaliyoti”, “Oliy ta’lim muassasalarining kafedra va dekanatlari ish yurituvidagi xujjatlar” (O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov), “Innovatsiya va innovatsion rivojlanish” (Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.D.Mamajonov), “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni tarbiyalashda ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tizimli tashkillashtirishning asosiy yo’nalishlari” (YOshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor N. Ikromov), “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 2018 yilgi Murojaatnomasi” (Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori Q. Muftaydinov, dotsent M. Nazarov), “Modulli o’qitish tizimi” (Axborot texnologiyalar bo’limi boshlig’i G’. Parpiyev), “Institut potentsialini rivojlantirishga qaratilgan xorijiy xamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar” (Halqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.B. Jo’raev), “Pedagog shaxsi psixologiyasi” mavzusida psixologik trening (Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri X. Xaydarova), “Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar” (Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi O. Po’latova) va boshqa mavzularda ma’ruzalar o’tkazildi. Ma’ruzalar bilan bir qatorda institut professor-o’qituvchilari uchun Amaliy ingliz tili va Axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha amaliy darslar tashkil etildi. Ushbu amaliy darslar professor-o’qituvchilarni kichik guruxlarga bo’lgan xolda o’tkazildi.

SHu bilan birga seminarning birinchi kuni, ya’ni 28 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 2018 yilgi Murojaatnomasi on-lay usulda professor-o’qituvchilarga namoyish etildi.

Seminar mashg’ulotlari yakunida, ya’ni 10 yanvar kuni institut Axborot texnologiyalar markazi kompyuter zalida 210 nafar professor-o’qituvchilar Prezident asarlari, Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlari, Pedagogika va innovatsion ta’lim texnologiyalari, Axborot kommunikatsion texnologiyalar va ingliz tili fanlariga oid savollarni o’z ichiga olgan easy Quizzy dasturida tayyorlangan testlar bo’yicha sinov testlarini topshirdilar.