Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Vazirlikning 2018 yil 21 dekabrdagi 1042-sonli buyrug’i, 2018 yil 25 dekabr kungi videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalar hamda Vazirlikning 2018 yil 29-dekabr kungi 87-03-4549 sonli, 31-dekabrdagi 87-03-4548-sonli va 2019 yil 3 yanvardagi 87-03-01sonli xatlari  ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar qishki ta’tili davrida institut professor-o’qituvchilari uchun tashkil etilgan seminarlarda “Ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuni, mohiyati va ahamiyati” (o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. Ermatov), “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: halqaro tajribalar va O’zbekiston amaliyoti” (Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.D.Mamajonov,  O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov), “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni tarbiyalashda ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tizimli tashkillashtirishning asosiy yo’nalishlari”  (YOshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor N. Ikromov)  mavzusida tayyorlangan taqdimot materiallari bilan barcha rahbar xodimlar va professor-o’qituvchilar tanishtirib borildi.

SHuningdek seminarlarda Vazirlikning 2019 yil 7 yanvardagi 87-04-13 sonli xatidan kelib chiqib “Tabiiy va is gazining hosil bo’lish sabablari hamda inson salomatligiga ta’siri” (TMJ kafedrasi dotsenti A.Abduraxmonov), “Soliq sohasidagi o’zgarishlar” (Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti dekani M-A. Eshonov) mavzularida   jonli muloqot  va munozaralar  olib borildi.