2019-yil 8-yanvar kuni Mashinasozlik fakulteti “Muҳandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Markaziy”, “Konchilar”, “Oqbosh” MFYlarida yashovchi aholilarga tumanda joylashgan Ijtimoiy-iqtisodiy pedagogika kollejining katta anjumanlar zalida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish maqsadida “Dunyoviylik-dahriylik emas” mavzusida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Ma’ruzachilar tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning AQShga qilgan safari davomida BMT bosh assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqidan kelib chiqib, xozirgi kunda fuqarolarning dardu tashvishlarini yengillatish, xohish-istaklarini ta’minlash, nafaqat moddiy, balki ma’naviy ehtiyojlarini ro’yobga chiqarish borasida alohida ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirilishi, jumladan davlatimiz rahbari o’z nutqida islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazganligi, uning bag’rikenglik, tinchlik va taraqqiyparvar jihatlari haqidadagi fikrlari, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish g’oyasini ilgari surganligi va bu albatta, dunyoda O’zbekistonning do’stlari yanada ko’payishiga turtki bo’lishini bir necha bor o’z ma’ruzalarida ta’kidlab o’tkanliklari yuzasidan ma’ruzachilar tomonidan tushuntish ishlari olib borildi.
Aholi tomonidan ma’ruza yuzasidan qiziqtirgan savollari asosida aniq tushunchalar berildi va kelgusida bunday uchrashuvlar davomli bo’lishiga kelishib olindi.
Odilov Otabek
Institut matbuot xizmati xodimi