Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 8-yanvar kuni Andjon mashinasozlik instituti asosiy binosi  anjumanlar zalida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 31-dekabrdagi 87-03-4548-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish hamda institut xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarda malakasini oshirish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.

     Yig’ilishda institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori N.Ikromov hamda   “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqovalar mavzu bo’yicha ma’ruza qildilar hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tayyorlangan “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni tarbiyalashda ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tizimli tashkillashtirishning asosiy yo’nalishlari” nomli videodarslik namoyishini tashkil etdilar. O’tkazilgan yig’ilishda 220 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

   

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi