Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019 yilning 5 yanvar kuni soat 10.00 da “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatalariga murojaatnomasidan kelib chiqadigan xulosalar va oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida Andijon davlat universitetida videoseminar o’tkazildi.

            Videoseminarda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari U.Begimqulov, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o’rinbosari SH.Rajabbaev, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi rahbari o’rinbosari M.Kuronboyev,  Respublika Bosh prokuraturasidan J.Zaripov  va O’zbekiston  yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari D.Kattaxonovalarning ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzalar va bildirilgan fikr-mulohazalar asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatalariga murojaatnomasidan kelib chiqadigan xulosalar va oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar belgilanib olindi.

Vazirlik miqyosidagi videoseminarda Andijon davlat universitetidagi studiyadan viloyatdagi 4 ta OTMlari qatorida  Andijon mashinasozlik instituti rektori, prorektorlar, dekanlar va ularning o’rinbosarlari, kafedra mudirlar, bo’lim boshliqlari hamda akademik litsey direktori ishtirok etdilar.