Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 29 dekabr kuni Katta anjumanlar zalida institut Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Kengashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi va Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqib institut oldida turgan vazifalar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli va 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli qarorlari bo’yicha institutda olib borilayotgan ishlar, Korruptsiyaning oldini olish choralari to’g’risidagi ma’ruzalar tinglandi.

 Ijro intizomi va hujjatlar nazorati, doktoranturaga qabul,  Monitoring va ichki nazorat, Xalqaro aloqalar bo’limlari, Akademik litseyning 2018 yilda olib borgan faoliyati bo’yicha hisobotlari eshitildi. 

 Kengashda ko’tarilgan har bir masala bo’yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim  bo’lgan ishlar bo’yicha rejalar kelishib olindi, mutasaddilarga konkret topshiriqlar berildi.