Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 4-yanvar kuni Mashinasozlik fakultetining “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi  assistenti  O.X.Po’latova tomonidan  O’zbekiston mudofasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Jalaquduq tuman o’quv sport texnika klubida faoliyat yuritayotgan pedagogik jamoaga pedagogik mahorati  hamda mashg’ulotlarda interfaol texnika va texnologiyalarni qo’llash bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mahorat darslari tashkil etildi. Mahorat darsi ikki bosqichda dastlab o’quv sport texnika klubining ma’ruzalar zalida 27 nafar texnik pedagoglarga zamonaviy pedagogik usul va vositalar yordamida ma’ruza va amaliy darslarni tashkil etish metodikalari tushuntirib o’tilgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda pedagog xodimlarning pedagogik va psixologik bilimlarini rivojlantirish maqsadida psixologik trening tashkil etildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot xizmati xodimi