O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’lim sifatini oshirish bo’yicha chiqarilgan buyruqlar ijrosini ta’minlash maqsadida o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, tomonidan o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, “Mashinasozlik” fakulteti dekani M.Qo’chqorovlar ishtirokida “Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti” kafedrasining o’quv-uslubiy faoliyati ham o’rganib chiqildi.
O’rganish yakunida kafedra professor-o’qituvchilari, xodimlari bilan yig’ilish o’tkazilib kafedraning kadrlar bilan ta’minlanganligi, o’quv uslubiy faoliyati, ilmiy-pedagogik salohiyati kabi muhim masalalar bo’yicha fikrlar bildirib o’tilib, yechimini kutayotgan muammolar va ularni ijrosini ta’minlash bo’yicha rejalar belgilab olindi.
SHuningdek, ta’lim sifatini oshirish bu borada yosh pedagoglarni malakasini yanada ko’tarish maqsadida “Ustoz-shogird” tizimi joriy etilib, yosh mutaxassislarga malakali ustozlar biriktirildi.