Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutda Vazirlikining 2018 yil 25 dekabr kungi videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar qishki ta’tili davrida institut professor-o’qituvchilari uchun tashkil etilgan  “Oliy ta’limning o’quv-uslubiy faoliyatini ilg’or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: ta’lim sifati va samaradorligining uslubiy jihatlari” mavzusida 28-31 dekabr kunlari o’tkazilgan mashg’ulotlar 3-yanvardan yana davom ettirildi.

3-yanvar kungi seminarda Prorektorlar va institut O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov Vazirlikning 2018 yil 29-dekabr kungi 87-03-4549 sonli xati asosida “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: halqaro tajribalar va O’zbekiston amaliyoti” mavzusida tayyorlangan taqdimot materiallari bilan institut professor-o’qituvchilarini tanishtirdi.

Seminar mashg’ulotlari davomida institut professor-o’qituvchilari kichik guruhlarga bo’lingan holda Amaliy ingliz tili va Axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha amaliy darslarda ishtirok etdilar.