Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 4-yanvar kuni institutning katta anjumanlar zalida «Korruptsiyaga qarshi kurashish» to’g’risida yig’ilish o’tkazildi.

    Yig’ilishda institutning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori Q.Muftaydinov va dotsent M.Nazarovlar so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun to’g’risida, korruptsiya  mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan taxdid bo’lib, u jamiyatning mahnaviy-axloqiy asoslarini yemirishi va odamlarning davlatga, boshqaruv idoralariga ishonchnini so’ndirishi, islohotlar g’oyasini obro’sizlantirishi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko’rsatishi xususida ma’lumotlar berib o’tdi.

    Yig’ilishda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov so’z olib, institutda qishgi semestr yaqinlashayotganligi munosabati bilan o’tkaziladigan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarida professor-o’qituvchimlar tomonidan talabalar bilimini baholashda shaffoflikni yo’lga qo’yish, turli salbiy oqibatlarni oldini olish choralarini ko’rish to’g’risida ko’rsatmalar berdi.

    O’tkazilgan yig’ilishda prorektorlar, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda jami 221 nafar professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

    

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi