Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov  institut katta anjumanlar zalida bo’lib o’tgan yig’ilishni  ochib, Vazirlikning 2018 yil 21 dekabrdagi “YAngi yil bayrami arafasida ta’lim muassasalarida tinchlik-osoyishtalikni saqlash va talabalarning qishgi ta’tilini yuqori saviyada o’tishini ta’minlash to’g’risida”gi 1042-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan institutda talabalarning qishki ta’tilini yuqori saviyada o’tkazish hamda professor-o’qituvchilar faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganligini va unga muvofiq talabalar qishki ta’tili (2018 yil 28 dekabr-10 yanvar) davrida professor-o’qituvchilar bilan o’tiladigan seminar  mashg’ulotlari jadvali bilan yig’ilganlarni tanishtirdi.

Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.Jo’raev O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 dekabrdagi 87-03-4381 sonli xati ijrosi yuzasidan  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg’armasi orqali  va xorijiy hamkorlari bilan kelishuvlari doirasida 2019 yilda xorijda malaka oshirish, stajirovka o’tash, magistratura va doktoranturada o’qish uchun yuborilishi rejalashtirilayotgan nomzodlarga qo’yiladigan talablar, Xorijiy hamkor ilmiy yoki oliy ta’lim muassasalaridan Andijon mashinasozlik institutining talabalariga dars o’tish uchun professor-o’qituvchilarni jalb etish imkoniyatlari  xaqida ma’lumot berdi.  

Er usti transport tizimlari kafedrasi katta o’qituvchisi U.Xolmatov sirtqi ta’limga qabul qilingan talabalarning dars jarayoni 2019 yilning 07 yanvar kuni boshlanishi, shu munosabat bilan  professor – o’qituvchilarning darslarga tayyorgarligi holati bo’yicha axborot berdi.   

 O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov   2018-2019 yili uchun o’quv jarayoni jadvaliga muvofiq 4-kurs bitiruvchilari bilan yakuniy nazoratlar (Attestatsiya) haftasi yakunlanganligi va Iqtisodiyot 1-kurs talabalari uchun boshlanganligini aytib, fakultet dekanlari va kafedra mudirlarining masuliyati xususida to’xtaldi.

Fakultet dekanlari professor-o’qituvchilar tomonidan guruh jurnallarini to’ldirilishi bo’yicha ma’lumot berib, kafedra mudirlariga qishgi ta’til davrida professor-o’qituvchilar tomonidan bu sohada amalga oshiriladigan vazifalar bo’yicha  gapirib o’tdilar.

Yig’ilish so’ngida O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov  Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (M.Ishankulov) tomonidan tayyorlangan  bitiruv malakaviy ishlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma bilan hamma yo’nalish kafedralari tanishib chiqishlari lozimligini uqtirdi.

Yig’ilishda Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.Jo’raev, O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, ATM boshlig’i G.Parpiyev, fakultet dekanlari, dekanlarning o’quv va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, kafedra mudirlari qatnashdilar.