Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutida Oliy  va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 2018 yil 25 dekabr kungi videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, o’quvchilarning qishki ta’tilini mazmunli o’tkazish hamda ta’til davrida professor-o’qituvchilar faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu tadbirlar rejasida talabalar ta’tili davrida institut professor-o’qituvchilari uchun “Oliy ta’limning o’quv-uslubiy faoliyatini ilg’or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: ta’lim sifati va samaradorligining uslubiy jihatlari” mavzusida 2018 yil 28 dekabr – 2018 yil 10 yanvar kunlari oralig’ida seminar mashg’ulotlari o’tkazilishi belgilangan bo’lib, buning asosida ta’til davrini o’z ichiga olgan dars jadvali ishlab chiqilgan.

Seminar mashg’ulotlarining birinchi kunida institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q. Ermatov tomonidan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi” mavzusida ma’ruza qildi.

SHu bilan birga seminar davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 2018 yilgi Murojaatnomasi on-layn usulda professor-o’qituvchilarga namoyish etildi. Kunning ikkinchi yarmida institut professor-o’qituvchilari kichik guruxlarga bo’lingan xolda Amaliy ingliz tili va Axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha amaliy darslarda ishtirok etdilar.

Seminarlar davomida Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari, “Proffessor-o’qituvchilarning malaka oshirish tizimi” (o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. Ermatov), “Oliy ta’lim muassasalarining kafedra va dekanatlari ish yurituvidagi xujjatlar” (O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov), “Modulli o’qitish tizimi” (Axborot texnologiyalar bo’limi boshlig’i G’. Parpiyev), “Innovatsiya va innovatsion rivojlanish” (Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.D.Mamajonov), “Institut potentsialini rivojlantirishga qaratilgan xorijiy xamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar” (Halqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.B. Jo’raev), “Pedagog shaxsi psixologiyasi” mavzusida psixologik trening (Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri X. Xaydarova), “Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar” (Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi O. Po’latova) va boshqa mavzularda ma’ruzalar o’tishi belgilangan. Ma’ruzalar bilan bir qatorda institut professor-o’qituvchilari kichik guruxlarga bo’lingan xolda Amaliy ingliz tili va Axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha amaliy darslarda doimiy ishtirok etishi belgilangan.

Seminar mashg’ulotlari yakunida institut Axborot texnologiyalar markazi kompyuter zalida barcha professor-o’qituvchilardan Prezident asarlari, Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlari, Pedagogika va pedagogik texnologiyalar, Innovatsion ta’lim texnologiyalari, Axborot kommunikatsion texnologiyalar va ingliz tili fanlariga oid savollarni o’z ichiga olgan easy Quizzy dasturida tayyorlangan testlar bo’yicha sinovlar o’tkazish rejalashtirilgan.