Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yurtimizga yangi 2019-yilning kirib kelishi munosabati bilan Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda “Mashinasozlik” fakultetlarida “Yangi yil karnavali” bo’lib o’tdm. Bayram tadbirida fakultetning barcha kurs va guruh talabalari hamda murabbiy – o’qituvchilari ishtirok etdi.

     Bayram tadbiri avvalida institut rektori U.R.Salomov so’zga chiqdi va o’tgan 2018-yil davomida institutda ta’limni takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda kelgusi yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlar haqida so’z yuritdi. Shu bilan birgalikda yangi yilda barcha talabalarni o’qishlarida muvofaqqiyat tilab barchani kirib kelayotgan 2019-yil bilan barchani muborakbod etdi.

     Shundan so’ng o’quv yili boshidan shu kunga qadar turli tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalarga institut rektori faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari topshirildi.

     Shu kuni institutning  iqtidorli talabalari tomonidan tashkil etilgan bayram dasturi bo’lib o’tdi. Dasturdan o’rin olgan kuy-qo’shiqlar, bayram tabriklari, quvnoqlar va zukkolar jamoalari chiqishlari bayramga yanada o’zgacha ruhiyat ulashdi.

 

    Bayram tadbirlari institutning Mashinasozlik fakultetida ham o’tkazildi. Tadbirni fakultet dekani M.Qo’chqarov ochib berar ekan, yakunlanayotgan 2018 yilda ta’lim soxasida erishilgan bir qator yutuqlar, jumladan, “Mashinasozlik” fakulteti professor-o’qituvchilar va talabalarining ilm-fan yutuqlari va 2019-yildagi yangi rejalar to’g’risida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan yangi yil bilan barchani muborakbod etdi.

     O’zgacha bayramona kayfiyat bilan o’tgan bayram dasturi davomida o’tkazilgan interaktiv o’yinlar, san’atkorlar tomonidan yangragan kuy va qo’shiqlar talabalarga taqdim etildi.

     Tadbir davomida fakultet dekanati tomonidan bayram lotoreyasi tashkil qilindi. Uning natijalariga ko’ra, bir qator yutuq egalariga qimmatbaxo sovg’alar taqdim etildi.

     San’atkorlar ishtirokidagi jonli kuy va qo’shiqlar bayram tadbirini yuqori saviyada o’tkazilishiga zamin bo’ldi.

     Tadbir davomida jamoat ishlarida faol ishtirok etib bir qator yutuqlarga erishgan professor-o’qituvchilar va talabalarga raxbariyatning estalik sovg’alari taqdim etildi.

 

 

 

Odilov Otabek, Xayrullo Vasiev 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimlari