2018-yilning 22-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi anjumanlar zalida “Energetiklar kasb bayrami” kuni munosabati seminar o’tkazildi. Seminarda “Andijon xududiy elektr ta’minoti korxonasi” AJ dan faxriylar kengashi raisi J.I.Isaqov, “Uzdavenergonazorat” Andijon xududiy bo’lim boshlig’i Sh.X.Mirzarayimov, “Uz Dong Jueinko” ko’shma korxonasi xodimi N.X.Tojidinov, Farg’ona politexnika instituti professori A.Kasimaxunova, Andijon mashinasozlik instituti ilmiy va innovatsion ishlar bo’yicha prorektor B.D.Mamadjanov, va ”Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Seminar davomida tashrif buyurgan soha mutaxassislari talabalarga xozirda mamlakatimizda energetika tizmida elektr enregiyani tejash va oqilona foydalanish hamda yangi innovatsion g’oyalar texnologiyalarga oid mavzulari to’g’risida batafsil tushunchalar berib o’tdilar.
Talabalar o’zlarini qiziqtirgan energiya tejamkorlik va energetika tizimida qo’llanilayotgan yangi innovatsion g’oyalar texnologiyalarga oid savollari bilan tashrif buyurgan korxona vakillariga murojaat qilib, ishlab chiqarishda xozirgi kunda energiya tejamkorlikka qaratilgan masalalarni qanchalik muxim ahamiyat kasb etayotganligini tushunib yetdilar.
Odilov Otabek
Andijon mashinsozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi