Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yil 19-22-dekabr kunlari institutda fakultet miqyosida “Zakovat” intelektual o’yinlari o’tkazildi

     Dastlabki bilimdonlik bellashuvlari 19-dekabr kuni “Mashinasozlik” fakultetida o’tkazildi. Bellashuvda   “Avitsenna”, “Intellekt”,” Libro”, “Standart” hamda “245-guruh” jamoalari o’zaro bellashdilar. Yakunda fakultetning “Libro” va “Intellekt” jamoalari g’olib deb topildi.

    20-dekabr kungi bellashuvlar Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Konstruktorlar”, “Liberallar”, “Maverik”, “Intellektual” jamoalari o’rtasida o’tkazildi. Qizg’in va murosasiz o’tgan bellashuv yakunida fakultetning “Konstruktorlar” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

   21-dekabr kuni Avtomatika va elektrotexnika fakultetida o’tkazilgan bellashuvlar o’yini fakultetida o’tkazildi. Bellashuvda “259”, “Zukkolar”, “Everest” jamoalari faol ishtirok etdilar.  O’yin natijasi  “Everest” jamoasi g’alabasi bilan yakunlandi.

   Intellektual o’yinlar 22-dekabr kuni “Ziyo-Elita”, “MYaMT 298”, “1-kurs Elita” va “TJICHAB 295” jamoalari o’rtasidagi baxslar bilan davom ettirildi. Yakunda Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakultetining “Ziyo-Elita” va “Avtomatika va elektrotexnologiya” fakultetning “MYaMT 298” jamoalari g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

   G’oliblikni qo’lga kiritgan barcha fakultet jamoalari 2019-yilning yanvar oyida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan final bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdilar.  

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi