Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 26-dekabr kuni Andijon mashinasozik institutida “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi 2-Respublika tanlovi viloyat bosqichi” o’tkazildi.

     Tanlov quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’tkazlidi:

1 Eng yaxshi ixtiro;

2 Eng yaxshi foydali model;

3 Eng yaxshi sanoat namunasi;

4 Eng yaxshi Elektron xisoblash mashinasi uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi;

5 Eng yaxshi innovatsion loyiha (fan va texnologiyalarning barcha ustivot yo’nalishlari bo’yicha);

6 Eng yaxshi biznes loyiha;

7 Omadli start (o’z innovatsion loyihasi asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’layotgan xotin-q izlar uchun);

8 Xunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi;

9 Ijtimoiy soha bo’yicha eng yaxshi innovatsion loyiha;

10 Iqtidorli qizning eng yaxshi istiqbolli innovatsion g’oyasi;

     Tanlovda Viloyatimizning 4 ta oliy ta’lim muassasalari hamda turli xil sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollar o’zlarining ta’lim, qishloq xo’jaligi, tibbiyot, xunarmadlik va ishlab chiqarish, texnika va texnologiya sohalari bo’yicha innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdilar.

     Tanlovga Andijon viloyati hokimining o’rinbosari, Viloyat Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Yunusova Manzura Pazliddinovna tashrif buyurdi va tanlov ishtirokchilarining loyihalari bilan tanishib chiqib o’zining fikr va mulohazalarini, taklif va ko’rsatmalarini bildirdi.

     Tanlov yakunida xar bir nominatsiya bo’yicha bir nafardan jami 10 nafar ishtirokchi Respublika bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdilar. Tanlov g’oliblariga viloyat hokimi o’rinbosari, viloyat Xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.P.Yunusovaning faxriy yorlig’i, diplomlar va esdaik sovg’alari topshirildi.

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi