Xalqaro hamkorlik aloqalarni rivojlantirish maqsadida Andijon mashinasozlik institutiga 2018-yilning 21-24-dekabr kunlari Rossiya federatsiyasining UFA neft-texnika universiteti texnika fanlari doktori, professor Rahimov Ne’matjon Rahimovichning tashrifi amalga oshirildi.
“Fizika va kimyo” kafedrasining xalqaro hamkorlik shartnoma rejasiga asosan Rossiya Federatsiyasining UFA davlat neft-texnika universitetidan texnika fanlari doktori professor Rahimov Ne’matjon Rahimovich institutga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan maqsad, ilmiy hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish professor-o’qituvchilar, doktorantlar hamda iqtidorli talabalar bilan uchrashib, kelajakda kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida ishlar olib borilmoqda.
Uchrashuvdan ko’zlangan yana bir maqsad: Institutning professor-o’qituvchilari va barcha talabalar uchun katta anjumanlar zalida “Datchiklar yaratilish tarixi” mavzusida master-klass uslubida ma’ruza o’tkazildi. “Fizika va kimyo” kafedrasi doktoranti Alijonov Doniyorbekning ilmiy rahbari N.R.Rahimov boshchiligida ilmiy-ishlari yakunlanib, PhD dissertatsiyasi himoyasiga chiqish arafasida ularga kerakli tavsiyalar berib o’tdi.
“Fizika va kimyo” kafedrasi professor-o’qituvchilari uchun kafedraning yo’l xaritasida belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish rejasiga asosan ilmiy seminar o’tkazildi.
Odilov Otabek
Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi