Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Davlatimiz rahbari tomonidan 2018-yilning 18-dekabr kuni “Yuqumli bo’lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  PQ-4063-sonli qaror qabul qilindi. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda turli uchrashuv va muloqotlar yo’lga qo’yilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri 2018-yilning 22-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti anjumanlar zalida tashkil etildi. Uchrashuv Andijon shahar ko’p tarmoqli Markaziy poliklinika shifokorlari bilan hamkorlikda “Salomatlik kuni” tadbirlari doirasida “Salomatlik maktabi-sog’lom turmush targ’iboti” mavzusida olib borildi.

    Uchrashuvda institut Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova, institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i  M.Xaliqova, institut “Tibbiy shahobchasi  vrachi E.Xoldarova, hamshira A.Sultonova hamda Andijon shahar ko’p tarmoqli Markaziy poliklinika shifokori M.Zokirovalar ishtirok etdilar.

   Uchrashuv davomida mutaxassislar aholi o’rtasida sog’lom turmush targ’ibotini olib borishdan asosiy maqsad sog’lom oilalarni barpo etilishida va bu orqali sog’lom jamiyatni shakllantirish ekanligi haqida so’z yuritdilar. Qolaversa talabalar turli xil kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularni oldini olish choralari, shaxsiy gigiena qoidalari kabi bir qator hayot tarzimiz uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

   Uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblarga ega bo’ldilar

   Uchrashuvda 202 nafar talabalar hamda 20dan ziyod professor o’qituvchilar ishtirok etdilar.

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi