Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 24-dekabr kuni institutning Mashinasozlik fakultetida “Kim yurtiga sodiq bo’lsa, mendirman o’sha” shiori ostida tadbir o’tkazildi.

     Tadbir Andijon shaxrida joylashgan  46605 xarbiy qismda o’z xizmat vazifasini o’tayotgan bir qator xarbiy xizmatchilari hamda institut talabalari ishtirokida tashkil etildi.

    Tadbirni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova olib bordi va tashrif buyurgan mehmonlarni yig’ilish ishtirokchilariga tanishtirib o’tdi.

    O’tkazilgan uchrashuv davomida  Xarbiy qism xodimi kapitan O.Aminov xozirgi kunda mamlakatimizda milliy armiyamizni rivojlantirish, uni mustahkamlash yuzasidan  qabul qilinayotgan qarorlar va farmonlar, shular asosida xarbiy xizmatchilar va ularning oilalariga yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida talabalarga ma’lumotlar berdi.

 

 

  

   Tadbir davomida xarbiy qism askarlari tomonidan jangavor tayyorgarlik mashg’ulotlaridan ko’rinishlar namoyish etildi.Shuningdek tadbirda xarbiy qismga tegishli bo’lgan qurol-aslaxalar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tashkil etilgan  tadbirda institutning 40 ziyod professor-o’qituvchilari hamda 450 dan ziyod talabalari ishtirok etdilar.

 

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi