Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018-yilning 24-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda Mashinasozlik fakultetlarida an’anaviy ertalabki umumiy yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

Yig’ilishda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova,  Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova, institutning 30 dan ziyod professor-o’qituvchilari, Avtomatika va elektrotexnika hamda Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining talabalari ishtirok etdilar. Mashinasozlik fakultetida o’tkazilgan yig’ilishda barcha dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Yig’ilishda o’tgan hafta davomida amalga oshirilgan tadbirlar va ularning natijalari, shuningdek ushbu haftada amalga oshirilishi ko’zda tutilgan tadbirlar xususida axborot berildi.

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi